Samarqand katta oʻzgarishlarga yuz tutmoqda

0
107
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifini har galgidek Hazrati Xizr majmuasini ziyorat qilishdan boshladi. 

Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabriga gul qoʻydi. Oʻtganlar xotirasiga Qurʼon tilovat qilindi.

Imom Buxoriy majmuasi ziyorati chogʻida qadamjoni yanada obod qilish, Imom Buxoriy nomidagi ilmiy tadqiqot markazi qurilishi, uning ilmiy nazariy asoslarini yaratish masalalari muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari viloyatning Oqdaryo, Ishtixon va Pastdargʻom tumanlarida boʻlib, hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishib, xalq bilan muloqot qildi.

Tashrifining ikkinchi kunida Prezident Shavkat Mirziyoyev Milliy gvardiya boʻlinmasi faoliyati bilan tanishidi.

Tizimda amalga oshirilayotgan ishlar, harbiylarga yaratilayotgan sharoitlar haqida axborot berildi. Qoʻshinlarning qurol-aslaha va aloqa vositalari taʼminlanishi, harbiy xizmatchilarning jismoniy va jangovar tayyorgarligiga eʼtibor qaratildi. 

Oʻzbekiston Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni vaziyatni doimiy tahlil qilish, xatarlarning oldini oldini olish, jamoat xavfsizligini mustahkamlash boʻyicha koʻrsatmalar berdi. Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur kabi buyuk sarkardalarimiz harbiy mahoratini oʻrganish, oʻquv-taktik metodikani rivojlantirish, harbiy xizmatchilarning jismoniy va ruhiy tayyorgarligini oshirish zarurligini taʼkidladi. 

Shavkat Mirziyoyev zamonaviy harbiy texnika va qurol-yarogʻlarni koʻzdan kechirdi. Taklif etilayotgan harbiy kiyimlar bilan tanishdi. 

Harbiy liboslar milliyligimizni aks ettiradigan, tarixda qoladigan boʻlishi kerak. Shuning uchun bu masalani har tomonlama oʻylash, loyihalarni xalq muhokamasiga qoʻyish zarur, dedi davlatimiz rahbari.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga tashrifi nihoyasiga yetdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.