SAMDCHTI TALABALARI XALQARO OLIMPIADA GʻOLIBI

0
246
marta koʻrilgan.

Shu yilning 25-26 aprel kunlari Qozogʻistonning Qaraganda davlat universitetida Germaniya, Turkiya, Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, Qirgʻiziston va Qozogʻistonning 35 ta universitetlaridan 200 nafar talaba ishtirokida xorijiy tillar boʻyicha xalqaro talabalar olimpiadasi boʻlib oʻtdi.

Mazkur olimpiadada ishtirok etgan Samarqand Davlat chet tillari instituti talabalari xitoy tili boʻyicha Charos Xamdamova birinchi, nemis tilidan Viktor Sundeev ikkinchi, fransuz tilidan Aleksandra Kurtova va ingliz tilidan Shaxzoda Asliyeva uchinchi  oʻrinlarni egallashdi.

Germaniyaning xalqaro akademiklar almashinuv xizmati (DAAD), Gyoti Instituti va Fransiyaning Qaraganda shahridagi Fransuz Alyansi bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro olimpiada doirasida xorijiy tillarni oʻqitish metodlari boʻyicha xalqaro darajada master-klasslar va davra suhbati tashkil etildi. 

Manbaa: Oʻzbekiston Respublikasi  Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.