Samimiy qutlovlar

0
100
marta koʻrilgan.
Qurbon hayiti munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda. Ularda xalqimizga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilab, ezgu istaklar izhor etilgan, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.   

Jumladan, quyidagilar oʻz tabriklarini yoʻllagan:   

Qozogʻiston Respublikasining Birinchi Prezidenti — Elboshi Nursulton Nazarboyev,

Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev,

Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov,

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon,

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov,

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev,

Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf Gʻani,

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon,

Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi,

Bahrayn Podshohi Hamad ibn Iso Ol Xalifa,

Quvayt Amiri Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh,

Falastin Prezidenti Mahmud Abbos,

Jazoir muvaqqat Prezidenti Abdulqodir ibn Saloh,

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum,

Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Bosh qoʻmondoni oʻrinbosari, Abu Dabi Amirligi valiahdi Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon.

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.