Sanoat korxonasining mahsulot va loyihalari bilan tanishildi

0
31
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan tumanidagi “Nam Motor Servis” korxonasi faoliyati bilan tanishdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Toʻrt gektardan ortiq hududda joylashgan ushbu investitsion loyihaning dastlabki bosqichi 2021 yilda ishga tushirilgan. Xitoydan zamonaviy texnologiyalar keltirib oʻrnatildi. Natijada yiliga oʻn ming dona elektr dvigatel, ikki ming dona suv nasosi ishlab chiqarish quvvati yaratildi. Yuz kishi ish bilan taʼminlandi.

Korxona mahsulotlari energiya tejamkorlik klassining “IE2” darajasida boʻlib, xalqaro standartlarga javob beradi. Ular mamlakatimizdagi kon-metallurgiya kombinatlari, suv xoʻjaligi hamda Markaziy Osiyo davlatlariga yetkazib berilmoqda. 

Yana bir muhim jihati, elektr dvigatellar ishlab chiqarish 60, suv nasoslari 100 foiz mahalliylashtirilgan. 

Prezidentimizga korxonaning istiqboldagi rejalari, navbatdagi bosqichlar haqida maʼlumot berildi.

Loyihaning ikkinchi bosqichi may oyida, yakuniy bosqich esa yil oxirigacha ishga tushadi. Natijada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi ortib, hamkorlik geografiyasi kengayadi. Yana 160 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.

Xususan, bu yerda 2,2 ming tonna emallangan sim, 6 ming dona elektr dvigatel, 4 ming dona katta hajmdagi suv nasosi ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi. Bu qoʻshimcha 500 milliard soʻmlik sanoat mahsulotlari, degani.

Boshqa tarmoqlar va korxonalar bilan kooperatsiyani kengaytirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.