Saudiya Arabistonining Podshoh Salmon xalqaro arab tili akademiyasi delegatsiyasi Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida

0
172
marta koʻrilgan.

Saudiya Arabistonining Podshoh Salmon xalqaro arab tili akademiyasi Bosh kotibi oʻrinbosari Ibrohim Abanmay rahbarligidagi delegatsiya 2023-yil 28- noyabr kuni  Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori G.Rixsiyeva bilan hamkorlik masalasida uchrashdi.

Uchrashuv chogʻida Akademiya Bosh kotibi oʻrinbosari Ibrohim Abanmay universitetda talabalarga arab tilining oʻqitilishini va arabshunoslik borasida amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini yuqori baholadi. Pedagog kadrlarni tayyorlashda faol hamkorlik qilishga tayyorligini taʼkidladi.

Suhbat natijasida ikki muassasa oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish imkoniyatlari va ularning istiqbollari borasida fikr almashildi, birgalikda ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, xalqaro ilmiy anjumanlar va seminarlar tashkil etishga kelishib olindi.

Kelishuvga binoan Saudiya Arabistonining Podshoh Salmon xalqaro arab tili akademiyasi bilan hamkorlikda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bazasida navbatdagi arab tili boʻyicha malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

Kuni kecha qisqa muddatli intensiv kurslar oʻz nihoyasiga yetdi va tinglovchilarga xalqaro sertifikat topshirildi.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.