Bugun Milliy matbuot markazida taniqli jurnalist, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi, «Mehnat shuhrati» ordeni, I darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni sohibi, ustoz Saydi UMIROV hayoti va ijodiga bagʻishlab chop etilgan «Saydi Umirov zamondoshlari xotirasida» kitobining taqdimoti hamda «Sogʻinch» deb nomlangan maʼrifiy anjuman boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon Oʻsarov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, filologiya fanlari doktori Xurshid Doʻstmuhammad, Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy komunikatsiyalar universiteti prorektori Nozima Murotova, Oʻzbekiston Davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti dekani Amrulla Karimov, Navoiy kon-metallurgiya kombinati masʼul xodimi Azamat Zaripov, taniqli jurnalist Ismat Xushev, professor Yoqutxon Mamatovalar oʻz xotiralari bilan ustozni yodga olishdi.
Ustozning oxirati obod boʻlsin!
Gujum.uz