Dastur ijrosini taʼminlash, Oʻzbekiston Qahramoni, milliy madhiyamiz muallifi Abdulla Oripov xotirasini abadiylashtirish, shu jumladan, Shahrisabz shahrini «Festivallar shahri»ga aylantirish maqsadida 2019 yil 9 maydan boshlab har yili bir marta Abdulla Oripov xotirasiga bagʻishlangan “Golden word” xalqaro adabiyot festivali oʻtkaziladi.
Festivalda dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurayotgan xalqaro shoirlar, yozuvchilar hamda jurnalistlar ishtirok etishi kutilmoqda. Jumladan, Turkiyadagi “KIBATEK” xalqaro adabiy tashkiloti prezidenti Sengeli Bilgi, tashkilot vitse-prezidenti Leyla Ishik, Filippindagi “Pentasi B” xalqaro adabiy tashkiloti prezidenti Epitasio Tongohan, Hindiston qitʼalararo madaniyat assotsiatsiyasi xodimi, Norvegiyada yashab, ijod qiluvchi yozuvchi Solomiya Karoli, italiyalik shoir, yozuvchi va blogerlar Katerina Davinio, Klaudio Preziosi, Tojikistondagi “Do‘stlik” va ”Elchi” gazetalari bosh muharriri Toshmat Temirov, Nosir Xusrav nomidagi Qoʻrgʻontepa davlat universiteti professori Zebiniso Sattorova, Tojikiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Hasan Gʻoyib, “Janubiy Qozogʻiston” gazetasi muxbiri Maysara Saparova, Qozogʻistondagi “Chimkent” ijodiy uyushmasi raisi Erkinoy Sultonova va boshqalar ishtirok etishadi.
Festival doirasida Qarshi shahridagi Abdulla Oripov nomli ixtisoslashtirilgan maktabda adabiy uchrashuv oʻtkazish, Qarshi va Shahrisabz shahridagi tarixiy-madaniy maskanlarga sayohat uyushtirish, Gʻuzordagi “Tohir-Zuhro” majmuasiga tashriflar, mushoiralar tashkil etish moʻljallangan. Festivalning yopilish marosimi Shahrisabz shahrida oʻtkaziladi.
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmat