Shavkat Mirziyoyev: Bu qoʻshilgan qiymat yaratishda inqilobiy usul

0
118
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi “Sag Agro” masʼuliyati cheklangan jamiyatining “in vitro” laboratoriyasini borib koʻrdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida. 

Mamlakatimizda qishloq xoʻjaligini innovatsion rivojlantirish maqsadida laboratoriyalar tashkil etilmoqda. “Sag Agro” masʼuliyati cheklangan jamiyatining laboratoriyasi ana shunday zamonaviy majmualardan biri.

Umumiy qiymati 2,6 million AQSH dollari boʻlgan mazkur loyiha 2019 yil ishga tushirilgan. Natijada ilgari xorijdan olib kelingan mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini mahalliy sharoitda tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan.

Bu usul ikki jihatdan juda muhim. Birinchisi, chetdan keltirilayotgan koʻchatlardagi turli kasalliklarning yurtimizga kirib kelishi va tarqalishining oldi olinadi. Ikkinchisi, mahalliy laboratoriyada yetishtirilgan koʻchatlar xorijnikiga nisbatan bir necha barobar arzon boʻladi. Masalan, shu paytgacha chet eldan olib kelingan yongʻoq koʻchatining bir donasi 5 dollardan 20 dollargacha boʻlgan boʻlsa, bu yerda yetishtirilayotgani 3-3,5 dollarni tashkil etadi.

Agrokimyo va tuproqshunoslik laboratoriyasi ham ishga tushirilgan boʻlib, tuproq, suv va barg namunalarini oʻrganish yoʻlga qoʻyilgan. Buning samaradorligi shundaki, bogʻdorchilik xoʻjaliklarining tuproq sharoiti oʻrganilib, unga mos koʻchatlar tavsiya qilinadi. Natija koʻchatlar xatosiz unib, moʻl hosil yetishtiriladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.