Shavkat Mirziyoyev: Men koʻproq oddiy odamlar bilan gaplashsam, sizlarning koʻzlaringizga qarasam, niyatlaringizni bilsam deyman

0
109
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Chust tumanidagi “Chust textile” korxonasini borib koʻrdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Fabrikaning ikkita kompleksida 1 ming 300 kishi mehnat qilmoqda. 2020 yilda qariyb 2 ming tonna mato hamda 5 million 200 ming dona tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilib, 9 million dollardan ziyod mahsulot eksport qilingan.
Prezident korxonadagi ish jarayonini, tayyor mahsulotlarni koʻzdan kechirdi.

Shuningdek, Davlatimiz rahbari Namangan shahridagi “Dashtbogʻ” kichik sanoat zonasida boʻlib, “Dream liner tekstil” MCHJda korxona jamoasi bilan muloqot qildi. Sanoat zonasida umumiy qiymati 119 mlrd soʻmlik 22 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 3 mingdan ortiq ish oʻrni yaratilib, 2,7 million dollarlik eksport qilish moʻljallangan.
Shu yerda Namangan viloyatida yoʻl, transport, qurilish va kommunal infratuzilmani rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Prezident Dashtbogʻ mahallasidagi sharoitlarni ham  koʻzdan kechirdi. Ismoil Kirgizov va Malika Parpiyeva xonadonida boʻlib, ular bilan suhbatlashdi. Gurungga qoʻni-qoʻshnilar ham keldi.
– Men koʻproq oddiy odamlar bilan gaplashsam, sizlarning koʻzlaringizga qarasam, niyatlaringizni bilsam deyman, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Nuroniylar mahalla tizimiga eʼtibor natijasini oʻz hayotlari misolida soʻzlab berdi. Ijtimoiy muammolar hal boʻlib, turmush sharoitlari yaxshilanayotganini taʼkidlashdi.

Prezident Namangan shahridagi «Art soft holding» shirkatining ilmiy-amaliy malaka oshirish markazi hamda «Ishga marhamat» mono-markazi faoliyati bilan ham tanishdi. Murabbiylar, kasb oʻrganayotgan yoshlar bilan suhbatlashdi.

Davlatimiz rahbari  shu yerda OAV vakillariga intervyu berib, viloyatga kelishdan asosiy maqsadi, islohotlarni amalga oshirishda qiyinchilik tugʻdirayotgan omillar, Namanganning iqtisodiy salohiyati, ishbilarmon odamlari haqida gapirdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.