Shavkat Mirziyoyev Milliy universitet talabasini vazir oʻrinbosarligiga tavsiya qildi

0
247
marta koʻrilgan.
Prezident bilan uchrashuvda taʼlim sohasiga oid innovatsion taklif kiritgan Milliy universitetning magistratura talabasi vazir oʻrinbosari lavozimiga tavsiya qilindi.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Absoatov  31 yanvar kuni prezident bilan uchrashuvda taʼlim sohasiga oid taklifini ilgari surgan. U davlat rahbariga OTMlar va maktablarni oʻzaro elektron tarzda ulab, onlayn darslar tashkil etish gʻoyasi haqida soʻzlab bergan. Shuningdek, qishloqlarda internet sifatini yaxshilashning muhimligini taʼkidlagan.

Endilikda 30 yoshli magistratura talabasi Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirining axborot texnologiyalari boʻyicha oʻrinbosari sifatida ish boshlashi mumkin. Vazirlikda bunday lavozim yangi taʼsis etiladi.

Maʼlumot uchun, Yusuf Absoatov kimyo texnologiyalari sohasida oʻqimoqda.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.