Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga keldi

0
106
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga keldi.

“Pulkovo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Bugun Rossiyaning shimoliy poytaxtida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining norasmiy sammiti boʻlib oʻtadi. Uchrashuv kun tartibidan MDH doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikka oid dolzarb masalalar oʻrin olgan.

Hamdoʻstlik mamlakatlari yetakchilari yilning asosiy yakunlarini sarhisob qilishlari va hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari yuzasidan fikr almashishlari kutilmoqda.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.