Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirini qabul qildi

0
86
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 iyul kuni Toshkent shahrida oʻtayotgan xalqaro konferensiya doirasida Saudiya Arabistoni Podshohligi tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farxon Ol Saudni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanayotgani — oʻzaro muloqot faollashib, ilk yirik investitsiya loyihalari, eng avvalo energetika sohasidagi loyihalar ilgari surilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Vazir Faysal bin Farxon Oʻzbekiston yetakchisiga Podshoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi hamda Saudiya Arabistoniga rasmiy tashrif bilan kelish taklifini yana bir bor tasdiqladi.

Saudiya tomoni Oʻzbekiston Prezidentining Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqaviy bogʻliqligini kuchaytirish borasidagi oʻz vaqtida ilgari surilgan muhim xalqaro tashabbuslarini, shuningdek, Afgʻonistondagi vaziyatni tinch yoʻl bilan hal qilishga koʻrsatilayotgan har tomonlama koʻmakni yuksak baholashi va qoʻllab-quvvatlashini taʼkidlandi.

Uchrashuvda amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, boʻlajak oliy darajadagi muloqotlarning kun tartibini boyitish, Oʻzbekiston-Saudiya munosabatlarini sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish maqsadida yangi loyiha va tadbirlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.