Shavkat Mirziyoyev Toshloq tumanidagi «Uz-Segang» qoʻshma korxonasida ish jarayoni bilan tanishdi

0
275
marta koʻrilgan.

Prezident gilos va anorni rangi, kattaligi boʻyicha saralab qadoqlaydigan texnologiyaga ega klasterlarni borib koʻrdi.  Ushbu korxonada 100 milliard soʻm evaziga zamonaviy logistika markazi tashkil etilgan. Italiya, Turkiya, Janubiy Koreya va Xitoydan ilgʻor texnologiyalar keltirib oʻrnatilgan.

 Masalan, Italiyaning ICEOL texnologiyasi gilosni rangi va kattaligi boʻyicha saralab qadoqlaydi. Sifatsizlarini lazer nuri orqali aniqlab, alohida joylaydi. Janubiy Koreyadan keltirilgan SNP liniyasi anorni xuddi shunday saralaydi. Mevaning ichidagi pishmagan yoki chiriy boshlagan joyni ham aniq koʻrsatadi.

Joriy yilda Xitoy, Janubiy Koreya, Birlashgan Arab Amirliklari, Polsha, Rossiya, Qozogʻiston kabi davlatlarga 20 million dollarlik mahsulotlar eksport qilinadi. Kompaniyada 250 nafar yigit-qiz ish bilan taʼminlangan.

Prezidentimiz bu korxonaga hududdagi bogʻlarni biriktirish, yangi bogʻlar va laboratoriya tashkil etish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.