Shavkat Mirziyoyev har bir tumanda toʻqimachilik fabrikalari tashkil etish boʻyicha topshiriq berdi

0
84
marta koʻrilgan.

Prezident Oqdaryo tumanidagi “Mushtariy Oqdaryo” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli tikuvchilik fabrikasida boʻldi.

Oʻtgan yili noyabrda ish boshlagan ushbu korxonada 20 xildagi trikotaj mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Bu yerda toʻrt yuzdan ortiq xotin-qizlar hamda kollej bitiruvchilari mehnat qilmoqda.

Eng muhimi, korxona mahsulotlarining bozori aniq. Rossiyaning “OODJI” kompaniyasi bilan shartnoma imzolangan. Eksport geografiyasini kengaytirish rejalashtirilgan. 

Prezident fabrikaning ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi, mahsulotlar sifatini koʻzdan kechirdi, xodimlar bilan suhbatlashdi.

Shavkat Mirziyoyev bunday zamonaviy korxonalar iqtisodiyotni barqaror qilish, aholini ish bilan taʼminlashda muhim oʻrin tutishini, shu kabi fabrikalarni har bir tumanda kamida ikkitadan tashkil etish zarurligini taʼkidladi.

Shu yerda yengil sanoat va gidro energetika sohalaridagi imkoniyatlar, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalar taqdimoti oʻtkazildi.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.