Shavkat Mirziyoyev Qurolli Kuchlar akademiyasida boʻldi

0
148
marta koʻrilgan.

Davlatimiz rahbari  Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 26 yilligi arafasida yangidan qurib bitkazilgan Qurolli Kuchlar Akademiyasiga tashrif buyurdi, deya xabar berilmoqda Prezident.uz saytida. 

Maʼlumki, Prezidentimiz 2017 yilning   yanvar oyida Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurtida boʻlib, mazkur bilim yurti zamirida mutlaqo yangi Qurolli Kuchlar Akademiyasini tashkil etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar bergan edi. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 25 apreldagi qarori bilan Qurolli Kuchlar Akademiyasi qayta tashkil qilindi. 

Butunlay zamonaviy qiyofa kasb etgan Akademiyada  taʼlim jarayoniga eng yangi usul va texnologiyalar joriy etilgan.  Oʻquv auditoriyalari zamonaviy trenajyorlar, oʻquv va laboratoriya asbob-uskunalari va kompyuter texnikasi bilan jihozlangan. 

Prezidentimiz Akademiyada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Oʻquv xonalari, oshxona, kursantlar yotoqxonalarida boʻlib, ularning taʼlim olishi, harbiy amaliyotlarni bajarishini koʻzdan kechirdi. 

Davlatimiz rahbari kursantlar bilan suhbatlashdi. Ularni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26 yilligi bilan  tabrikladi. Ajdodlarimizga munosib avlod boʻlib, harbiy, dunyoviy bilimlarni puxta egallashi lozimligini taʼkidladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.