“Vunderkind” nomli mazkur bogʻchada ingliz tili va kompyuter bilimlari chuqur oʻrgatiladi. Uch qavatli binoda kichkintoylarning intellektual, maʼnaviy-estetik va jismoniy salohiyatini oʻstirish uchun barcha sharoit yaratilgan.
Prezidentimiz mazkur bogʻcha misolida Shahrisabz shahrida yana 25 ta nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi barpo etish, bogʻcha mudirasi Shahnoza Xolmahmatovaga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan avtomobil sovgʻa qilish boʻyicha topshiriq berdi.
Bunday muassasalarni qurishdan asosiy maqsad farzandlarimizning maktabga tayyor boʻlib chiqishini taʼminlashdir, dedi davlatimiz rahbari.
Shu yerda Qashqadaryo viloyatida xususiy sheriklik asosida hamda davlat tomonidan quriladigan maktabgacha taʼlim muassasalari dasturi taqdimoti ham oʻtkazildi.