Shavkat Mirziyoyev tibbiyotda zamonaviy menejmentni joriy etish boʻyicha topshiriq berdi

0
150
views

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 iyul kuni Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik gospitalini borib koʻrdi, deya xabar beriladi prezident. uz saytida. 

Mazkur gospital oʻtgan asrning qirqinchi yillarida qurila boshlagan. Bugungi kunda klinika qariyb 16 gektar maydonni egallagan.

Shavkat Mirziyoyev ushbu shifoxona sobiq tuzum loyihasi asosida qurilgani va eskicha tartibda ishlab kelayotgani, bunday zamon oʻtib boʻlganini taʼkidladi.

Ushbu gospitalni davlat-xususiy sheriklik asosida ish yuritishga oʻtkazish, boshqaruvda zamonaviy menejmentni joriy etish zarur. Shunda daromad ham boʻladi, sifat ham taʼminlanadi, dedi Prezident.

Shifoxona hududini optimallashtirish, binolarni rekonstruksiya qilish va zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, bu yerga xorijiy klinikalar va mutaxassislarni jalb etish boʻyicha topshiriqlar berildi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here