Shayxontohur tumanida mehnat yarmarkasi

0
202
marta koʻrilgan.

Taʼtil bahonasida Respublikamiz poytaxti Toshkent shahriga sayohat qildim. Shahardagi eng diqqatga sazovor maskanlarni tomosha qilib, yoshlar uchun tashkil etilgan tadbirlarda ham qatnashdim.

Toshkent shahar Shayxontohur tuman bandlikka koʻmaklashish  markazi  Toshkent aloqa kasb-hunar kollejida boʻsh ish oʻrinlari  yarmarkasini tashkil etdi. Aholining mehnat bilan bandligini  taʼminlash maqsadida oʻtkazilgan tadbirda koʻplab tashkilotlar oʻz takliflari bilan qatnashdi. Ular orasida “Lukoil” masʼuliyati cheklangan jamiyat, “Oʻzagroloyihahimoya”, Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri kabi koʻplab tashkilotlar bor edi.

Shayxontohur xalq taʼlim boʻlimining mutaxassisi Feruza Fayziyeva shuday deydi: – Bizda  matematika, fizika, informatika kabi fanlardan rus tilida dars beruvchi pedogoglarga talab bor.  Pedogog-mutaxassislar kelishyapti biroq, bilim darajasi talabga javob bermaydi. Bu yerdan saviyasi , bilim malakasi yuksak mutaxassislarni topa olarmiz degan umiddamiz”.

-Yangi tashkil etilgan “Yevromakgrup” firmasiga oshxona va savdo magazinlarida mehnat qilish tajribasiga ega kishilarni izlab keldik,–deydi firma rahbari Abdusattor Fattohov.

Shuningdek, yarmarkada “”Milliy bank”, “Sanoat qurilishbank” kabi tashkilotlarning Shayxontohur filiallari oʻzlarining kredit va lizing boʻyicha takliflari bilan qatnashib, qiziquvchilarga  toʻliq iaʼlumotlarni berdilar.

Shayxontohur tuman bandlikka koʻmaklashish  markazi  direktori Dilnoza Soliyeva taʼkidlashicha, shu kuni  oʻttizdan ortiq tashkilot ishtirok qildi, fuqarolardan ellikdan ortiq murojaat boʻldi, ularga oʻn ikkita yoʻllanma berildi.

Tadbir soʻngida yoshlarga fuqarolik pasportini topshirish marosimi ham oʻtkazildi. Yosh tadbirkorlarga litsenziya, sertifikatlar taqdim etildi.

Elyor Palvanov,

Toshkent axborot texnologiyalari  universiteti Urganch filiali talabasi  

Muallif olgan surat

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.