Shohsanamxon Toshpoʻlatova va Nigoraxon Mirzohidova para-suzuvchimiz final dasturida ishtirok etishdi

0
177
views

Ayollar oʻrtasidagi S13 klassda 100 metrga chalqancha usulda suzish boʻyicha saralash bahslarida qatnashgan  Nigoraxon Mirzohidova finishga 2-boʻlib yetib kelgan boʻlsa, Shohsanamxon Toshpoʻlatova  5-oʻrinni egallab, final dasturida ham ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritishgan edi.

Afsuski, final musobaqasida vakilalarimiz sovrindorlar qatoridan joy egallay olishmadi. Shohsanamxon Toshpoʻlatova 1:08.37 soniya natija bilan beshinchi natijani qayd etgan boʻlsa, 1:09.85 soniya bilan Nigoraxon Mirzohidova yettinchi boʻlib marraga yetib keldi.

Musobaqaning keyingi kun dasturlarida ishtirok etadigan sportchilarimizga omadlar tilab qolamiz. 

J. Saʼdullayev tayyorladi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here