Shoir Saʼdulla Hakim 69 yoshida vafot etdi

0
974
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Jurnalistlari Ijodiy uyushmasining raisi, shoir Saʼdulla Hakimov 69 yoshida vafot etdi.

Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi ham UZNEWSning telegramm sahifalarida  xabar berilgan.

Sadulla Hakimov 1951 yil 25 martda Jizzax viloyatining Farish tumanida tugʻilgan. 1977 yilda Oʻzbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Gʻallaorol viloyatida oʻqituvchilikdan boshlagan.

Pandemiya tufayli koʻplab ijodkorlar boqiy olamga oʻtdilar. Yana bir goʻzal  inson oramizdan ketganligiga  odamning ishongisi kelmaydi. Olloh oʻz rahmatiga olgan boʻlsin!  

GUJUM. UZ sayti tahririyati aʼzolari ham asl inson, ajoyib ijodkor Saʼdulla Hakimning oxirati obod boʻlishida barcha doʻstlari qatorida tilakdosh hamda shoirning vafoti munosabati bilan yaqinlariga, qarindosh-urugʻlariga  chuqur hamdardlik bildiradi.  Ularga sabr-bardosh   bersin Ollohim.

Bu yil yoʻqotishlar koʻp boʻldi.   Oʻzinizni, oilangizni asrang, azizlar! 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.