“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi Singapurning “Changi” aeroporti bilan hamkorlikda mamlakatimiz sayyohlik salohiyati va ziyorat turizmini rivojlantirish maqsadida “Halalfoodblog.com” vakillarini Oʻzbekistonga taklif qildi, deya xabar beriladi gov.uz saytida
Bu haqda Milliy avikompaniya axborot xizmati xabar qildi.
Taʼkidlanishicha mehmonlar infotur davomida oʻzbek xalqining urf-odatlari, tarixi, madaniyati, milliy oshxonasi bilan yaqindan tanishadi, islom merosining muqaddas joylarini ziyorat qiladi. Singapurlik blogerlar Oʻzbekiston haqidagi taassurotlarini foto va videolavhalarga jamlab, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari, “Halalfoodblog.com”, “Changi” aeroportinining rasmiy saytiga joylashtirib boradi.
Xabarda loyiha ishtirokchilariga “Oʻzbekiston havo yoʻllari” tomonidan Singapur-Toshkent-Buxoro va Toshkent-Singapur yoʻnalishlari boʻyicha bepul aviachiptalar taqdim etilgani maʼlum qilingan.
Infotur bugun yakunlanadi.