Sirdaryolik yoshlarga – Prezident sovgʻasi

0
360
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashiga Prezidentimiz sovgʻasi – bibliobus, yaʼni kutubxona shaklidagi maxsus avtotransport vositasi kaliti tantanali ravishda topshirildi.

Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, taʼlim muassasalari oʻqituvchi va oʻquvchilari ishtirok etgan tadbirda yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, yuksak salohiyatli insonlar etib ulgʻaytirishda kitobning oʻrni beqiyos ekani alohida taʼkidlandi.

Prezidentimizning 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻib qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida viloyatda uzoq qishloqlar yoshlarining kitobga ehtiyojini taʼminlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Kitoblarni tashish va saqlashga moʻljallangan mazkur transport vositasi javonlarida 2 mingdan ortiq kitob joylashtirilgan.

Davlatimiz rahbarining biz, sirdaryolik yoshlarga taqdim etgan bu noyob sovgʻasi chekka hududlarda yashaydigan aholi, ayniqsa, yoshlarni milliy va jahon mumtoz adabiyoti durdonalaridan bahramand etish imkoniyatini yaratadi, – deydi Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi Sh. Zayniddinov. – Bibliobus boradigan har bir qishloqda yoshlar shoir va yozuvchilar bilan uchrashadi, adabiy kechalar tashkil etiladi.

Tadbirda viloyat hokimi Gʻ.Mirzayev ishtirok etdi va soʻzga chiqdi.

Manba: Sirdaryo viloyati hokimligi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.