Navroʻz bayrami munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janoblari!
Navroʻz bayrami arafasida Xitoy hukumati va xalqi nomidan, shaxsan oʻz nomimdan Sizni va butun Oʻzbekiston xalqini ushbu bayram bilan muborakbod etaman.
Soʻnggi yillarda Xitoy va Oʻzbekiston munosabatlari yangi strategik darajaga koʻtarildi, bu mamlakatlarimiz oʻrtasidagi anʼanaviy doʻstlik rishtalariga yangi hayotiy kuch bagʻishladi. «Bir makon — bir yoʻl» qoʻshma loyihasi doirasidagi ikki tomonlama hamkorlik izchil taraqqiy etmoqda, xalqaro va mintaqaviy masalalardagi oʻzaro aloqalar mustahkamlanib bormoqda. Ikki tomonlama munosabatlarning jadal rivojlanishi xalqlarimiz uchun birdek foyda keltirmoqda. Xitoy-Oʻzbekiston hamkorligini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratib, Siz bilan doʻstlikni yuksak qadrlayman.
Si Szinpin,
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Shavkat Miromonovich!
Uygʻonish, yasharish va yangilanish fasli — Navroʻz ayyomi munosabati bilan samimiy tabriklarimni qabul qilgaysiz.
Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi mustahkam doʻstlik va mushtarak maʼnaviy qadriyatlarga asoslangan har tomonlama munosabatlar xalqlarimiz manfaatlari yoʻlida yanada jadal rivojlanishiga ishonaman.
Hurmat bilan,
Nursulton Nazarboyev,
Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Shavkat Miromonovich!
Qirgʻiziston xalqi nomidan va shaxsan oʻz nomimdan Sizni hamda sizning timsolingizda butun Oʻzbekiston xalqini bahor ayyomi — Navroʻz bilan samimiy muborakbod etaman.
Navroʻzni nishonlash xalqlarimiz oʻrtasidagi koʻp asrlik anʼanaviy doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va qardoshlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Birgalikdagi saʼy-harakatlar bilan Qirgʻiziston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi oʻzaro ishonch va anglashuv tamoyillariga asoslangan munosabatlar xalqlarimiz manfaati yoʻlida bundan buyon ham rivojlanib borishiga ishonaman.
Ehtirom ila,
Sooronbay Jeenbekov,
Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Shavkat Miromonovich!
Sizni va birodar Oʻzbekiston xalqini bahor va uygʻonish ayyomi — xalqaro Navroʻz bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Umid qilamanki, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va oʻzaro manfaatli hamkorlik munosabatlari bundan buyon ham Navroʻzning hayotbaxsh gʻoyalaridan ilhomlanib, izchil taraqqiy etib boradi.
Hurmat bilan,
Emomali Rahmon,
Tojikiston Respublikasi Prezidenti
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Shavkat Miromonovich!
Qadrli qardoshim!
Xalqaro Navroʻz ayyomi munosabati bilan Sizga va Siz orqali qardosh Oʻzbekiston xalqiga samimiy tabriklarim, farovonlik va ravnaq tilashga ijozat bergaysiz.
Bir necha ming yillik tarixga ega Navroʻz bayrami mehmondoʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik anʼanalari uygʻunligi va ulugʻ insoniylik tamoyillarini mujassam etgan xalqlarimizning maʼnaviy va madaniy boyligi hisoblanadi.
Ushbu ezgu ayyom Siz va xalqingizga tinchlik, baxt-saodat, yangi marralar olib kelsin!
Chuqur hurmat ila,
Gurbanguli Berdimuhamedov,
Turkmaniston Prezidenti
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Hurmatli Prezident, aziz qardoshim!
Oʻlkalarimiz oʻrtasidagi qadim doʻstlik, qardoshlik, birdamlik va hamkorlikni oʻzida mujassam etib, kelajak avlodlarga yetkazgan Navroʻz bayrami munosabati bilan Siz Janobi Oliylarini hamda doʻst va qardosh oʻzbek xalqini turk xalqi va shaxsan oʻz nomimdan eng samimiy tilaklarim ila tabriklayman.
Hurmat bilan,
Turkiya Respublikasi Prezidenti
Rejep Tayyip Erdogʻan
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Shavkat Miromonovich!
Oʻz nomimdan va Ozarbayjon xalqi nomidan Sizni va Oʻzbekiston xalqini xalqlarimizning milliy va madaniy-maʼrifiy qadriyatlarini oʻzida mujassam etgan Navroʻz bayrami bilan samimiy qutlayman.
Xalqlarimiz irodasi bilan biz bundan keyin ham Ozarbayjon va Oʻzbekiston oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlik aloqalarini birgalikda mustahkamlab borishimizga ishonaman.
Hurmat bilan,
Ilhom Aliyev,
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Shavkat Miromonovich!
Xalqaro Navroʻz bayrami kirib kelishi munosabati bilan Afgʻoniston xalqi nomidan Siz Janobi Oliylari va birodar Oʻzbekiston xalqiga oʻzimning eng samimiy tabriklarimni izhor etaman.
Mushtarak bayramimiz bilan yana bir bor muborakbod etgan holda, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorliklar va aloqalarning kengayishiga ishonch bildiraman.
Muhammad Ashraf Gʻani,
Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti
Shuningdek,
Saudiya Arabistoni Qiroli Salmon Ibn Abdulaziz Al Saud
Indoneziya Respublikasi Prezidenti Joko Vidodo
Falastin davlati Prezidenti Mahmud Abbos
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum,
Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda va boshqalar tabrik yoʻllagan.
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.