Siyosiy jarayonlar koʻtarinki ruhda oʻtdi

0
23
marta koʻrilgan.

Markaziy saylov komissiyasining maʼlum qilishicha, soat 13:00 holatiga koʻra, 19 944 859 nafar saylovchidan 9 948 589 nafari yoki 47,62 foizi ovoz berishda ishtirok etdi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi oʻrinbosari Bahrom Kuchkarovning bildirishicha, qonunchilikda saylovda saylovchilarning 33 foizi ishtirok etsa, saylov oʻtgan deb topiladi. Bu Saylov kodeksining 96-moddasida belgilangan. Shu sabab, 27 oktyabrdagi deputatlik saylovlari oʻtgan deb hisoblandi.

Oʻzbekistonda bu galgi parlament saylovlari mamlakatimiz mustaqilligi eʼlon qilganidan beri birinchi marta  majolitar –proporsional (aralash-mutanosiblik) usulidan foydalanilgan holda oʻtkazildi. Qonunchilik palatasidagi 150 oʻrindan 75 nafar deputat bir mandatli saylov okruglari boʻyicha yangi besh yillik muddatga saylandi. Siyosiy partiyalar uchun berilgan ovozlar asosida esa Qonunchilik palatasiga  yana 75 nafar deputat ishga oʻtadi.

Eslatma: Oʻzbekiston mustaqil davlat boʻlganidan beri parlament saylovlari  ketma-ket yettinchi marotaba oʻtkazilmoqda..

Respublikamizning barcha hududlarida boʻlganidek, poytaxtning Yakkasaroy tumanidagi Yunus Rajabiy mahallasining 91-son maktabida joylashgan 573- saylov uchastkasida ham siyosiy jarayonlar koʻtarinki ruhda oʻtdi. Saylov uchastkalariga ovoz berishga kelgan yurtdoshlarimiz bilan suhbatlashar ekanmiz, ularning mazkur siyosiy jarayonga befarq emasliklarini, kelajak uchun birdek masʼul ekanliklarini his qilayotganligi barchamizni mamnun etdi. Zero, yangi Oʻzbekistondagi barcha islohotlar bir maqsadga – har bir insonning ushbu yurtda erkin yashashi va Vatan kelajagi boʻlgan bolalarning barkamollikka erishishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan.

Men ham saylov nimaligiga qiziqayotgan kichkintoy nevaralarim Yusufbek va Sulaymon bilan birga chiqib, yurtimiz ravnaqi uchun oʻz ovozimni berganimdan xursand boʻldim. Vatanimizning porloq kelajagi, yurt tinchligi, musaffo osmoni, oilalar farovonligi barqaror boʻlishi va har birimizning kasbi-korlarimizga qut-baraka tilab  duolar qilib, qaytdik.

Raʼno ZARIPOVA, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist

Video lavha va montajni nevaram Yusufbek Saʼdullayev amalga oshirdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.