Sodda va oson tarbiya

0
47
marta koʻrilgan.

Farzandingiz maktabga ketayotganida uning qoʻliga ikki shirinlik berib: ”Bittasi oʻzingga, bittasi yaxshi koʻrgan oʻrtogʻingga”, deb ayting. Shunda bola yaxshi koʻrish va ehson ulashishni oʻrganadi.

Farzandingiz sumkasiga ortiqcha ruchka solib: “Agar biror sinfdoshing ruchka olib kelishni esidan chiqargan boʻlsa, yordam tariqasida ruchkani oʻsha bolaga ber”, deb ayting. Farzandingiz bu narsadan masʼuliyatni his qilishni oʻrganadi.

Agar farzandingiz uyga qaytib kelsa, sen kelishing bilan uyimizda shodlik hukm surmoqda, deb aytsangiz, farzand oʻz qadri va qiymatini his qiladi.

Agar farzandingiz uyga qaytib kelsa, bugun qanday oliyjanob ishni amalga oshirding, deb soʻrang, farzand bu bilan yomonlik va yaxshilikni orasini ajratishni taʼlim oladi. Keyingi safar soʻramasangiz ham, oʻzi javob beraveradi.

Xulosa: Tarbiya oʻta sodda narsa, uning uchun zaharli til yoki qoʻlda kaltak boʻlishi shart emas.

Komil Abdurahmonov tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.