Yosh jihatdan qaraydigan boʻlsak,
0-9 yoshgacha – 10 nafar (2,6%);
10-19 yoshgacha – 15 nafar (3,8%);
20-29 yoshgacha – 59 nafar (15,1%);
30-39 yoshgacha – 111 nafar (28,5%);
40-49 yoshgacha – 123 nafar (31,5%);
50-59 yoshgacha – 48 nafar (12,3%);
60-69 yoshgacha – 17 (4,4%);
70-79 yoshgacha – 6 (1,5%);
80 yoshdan yuqori boʻlganlar 1 nafar (0,3%)ni tashkil etmoqda.
Ayni paytda Toshkent shahrida 170 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor davolanmoqda. Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2, Andijon viloyatida 61, Buxoro viloyatida 19, Namangan viloyatida 48, Fargʻona viloyatida 64, Xorazm viloyatida 18, Qashqadaryo viloyatida 6 hamda Navoiy viloyatida 2 nafar bemor hududdagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonalarda davolanishmoqda. Bemorlarga tibbiyot xodimlari tomonidan xalqaro stantdartlar asosida davo muolajalari olib borilmoqda
Bemorlarning 31 nafarida pnevmoniya kuzatilmoqda. 9 nafarining ahvoli ogʻir, undan 2 nafarining ahvoli esa oʻta ogʻir deb baholanmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Sogʻliqni saqlash vazirligi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda epidemiologik surushtiruv hamda koronavirus infeksiyasining tarqalib ketmasligi uchun barcha zarur profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.