Sogʻliqni saqlash vazirligi: XORIJDAN QAYTGAN  FUQAROLARDA YANA KORONAVIRUS INFEKSIYASI ANIQLANDI

0
73
marta koʻrilgan.

Shu yilning 15 mart kuni soat 05:15 da “Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasiga qarashli Istanbul–Toshkent yoʻnalishidagi 274-reys bilan kelgan bir nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlanganligi haqida xabar bergan edik. Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, Istanbuldan mazkur reys bilan birga kelgan bemorning turmush oʻrtogʻi va yana bir fuqaroda ham ushbu infeksiya tasdiqlangan.

Ayni paytda   Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan ushbu bemorlarning ahvoli hozircha qoniqarli boʻlib, shifokorlar tomonidan standartlar asosida davolash muolajalari olib borilmoqda.

Shuningdek, Dubaydan kelgan Oʻzbekiston fuqarosida ham koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi. Ayni paytga kelib, ushbu infeksiya aniqlangan bemorlar soni 11 nafarga yetdi. Bemorlarning ahvoli hozircha qoniqarli boʻlib, shifokorlar tomonidan standartlar asosida davolash muolajalari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.