Soya ekishdan asosiy maqsad – bir maydondan ikki marta hosil olish va tuproq unumdorligini tiklash

0
163
marta koʻrilgan.

Andijon viloyati dalalarida mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan sinov tariqasida paxta oralarida va gʻalladan boʻshagan maydonlarda soya yetishtirilmoqda.

Soya yetishtirish byicha katta tajribaga ega qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, professor Dilorom Yormatova Andijon tumani Bakirov, Haqiqat, Oʻzbekiston va Toshmatov massivlaridagi fermer xoʻjaliklaridagi soya ekinida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar bilan tanishdi va zarur maslahatlarini berdi.

– Andijon tumani zaminida soyaning gurkirab oʻsayotganini va  gullaganini koʻrib benihoya quvondim. Bu ilm va innovatsiyani uygʻunlashtirish hamda  fermerlarning mashaqqatli mehnati samarasidir. Gʻoʻza qator oralariga va gʻalladan boʻshagan maydonlarga soya ekishdan asosiy maqsad –  bir maydondan ikki marta hosil olish va tuproq unumdorligini tiklashdir, – dedi olima Dilorom Yormatova.

Fermerlar soya yetishtirish borasidagi oʻzlarini qiziqtirgan savollarga olimadan javob olishdi va oʻz fikrlarini ham bildirishdi.

Mazkur dukkakli oʻsimlik barcha qishloq xoʻjalik ekinlari – kuzgi gʻalla, gʻoʻza, makkajoʻxori, sabzavotlar va shu kabi boshqa ekinlar uchun eng yaxshi oʻtmishdosh hisoblanadi. Undan moʻl va sifatli hosil yetishtirishda tuproq unumdorligi hamda suv taʼminoti yaxshi boʻlgan maydonlarni tanlab olish, shuningdek, ekinni tuproq sharoitidan kelib chiqqan holda joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Pirovardida fermerning daromadi  ikki baravar koʻpayadi.

Yasharbek INAZAROV, Andijon tumani qishloq xoʻjaligi boshqarmasi rahbari

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.