Soya yetishtiruvchilar assotsiatsiyasi tuziladi

0
154
views

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Oqdaryo tumanida iqtisodiy loyihalar bilan tanishish chogʻida topshiriq berdi.

Davlatimiz rahbari soya yogʻi xaridorgir va sogʻliq uchun foydali ekani, uning shroti parranda uchun zarur oziqa boʻlishini taʼkidladi.

Shu yerda Samarqand viloyatida parrandachilik, chorvachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa tarmoqlarni rivojlantirish, meva-sabzavot yetishtirish va eksport qilishni koʻpaytirish loyihalari taqdimoti oʻtkazildi.

Prezident loyihalar qamrovini oshirish, ishbilarmonlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha koʻrsatmalar berdi. Tadbirkorlar bilan suhbatlashib, aytgan masalalarini joyida hal qildi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here