Sport kurashlari boʻyicha Osiyo chempionatida oʻnta medal qoʻlga kiritildi!

0
253
marta koʻrilgan.

Hindistonning Nyu-Deli shahrida sport kurashlari boʻyicha yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionati nihoyasiga yetdi.

Musobaqa oʻzbekistonlik yosh polvonlar uchun omadli keldi. Chempionatning soʻnggi kunida erkin kurash boʻyicha bahslarda 61kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Abbos Rahmonov turnir davomida Janubiy Koreya, Tojikiston, Xitoy va Qozogʻiston vakillarini magʻlubiyatga uchratib, oltin medal sohibiga aylandi. Hasanboy Rahimov esa 125kg vazn toifasida bahslarda qatnashib, Qozogʻiston, Xitoy, Janubiy Koreya vakillaridan ustun kelib, finalga yoʻl olgandi. Hal qiluvchi jangda esa u eronlik polvonga imkoniyatni boy berib qoʻydi.

Musobaqa davomida yunon-rum kurashi bahslarida Temurmirzo Mamajonov (oltin), Kamol Qoʻziyev (kumush), Maxmud Bahshilloyev (bronza), Toʻrabek Tirkashev (bronza), ayollar kurashida Nabira Yesenbayeva (kumush) va Baxtigul Baltaniyazova (bronza), erkin kurashda esa Gʻulomjon Abdullayev (oltin), Abbos Rahmonov (oltin), Hasanboy Rahimov (kumush) Muhammadrasul Rahimov (bronza) sovrindorlar qatoridan joy olishdi.

 Oʻzbekiston terma jamoasi yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida 10 ta medal (3ta oltin, 3ta kumush va 4ta bronza) ni qoʻlga kiritishdi

J. SAʼDULLAYEV

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.