Dzyudochilarimiz jahon chempionatidan qaytib kelishdi

0
103
marta koʻrilgan.

Dzyudochilarimiz jahon chempionatidan qaytib kelishdi, deya xabar beradi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati.

Jahon chempionatida 140dan ortiq mamlakatidan 800dan ziyod dzyudochi ishtirok etgan musobaqada termajamoamiz ham kuchlilar qatorida qayd etildi.

Dzyudochilarimizdan Sharofiddin Lutfullayev (-60 kg) finalga qadar magʻlubiyatsiz etib borib gruziyalikChxvimiani Lukxumiga imkoniyatni boy berib qoʻydi. Shunga qaramasdan Sharofiddin kumush medalniqoʻlga kiritish bilan bir qatorda Tokio-2020 Olimpiadasiga qimmatli 1400 reyting ochkosiga ham egaboʻldi.

Jahon chempionatidan soʻng yangi olimpiada reytingi eʼlon qilindi. Unga koʻra Sharofiddin Lutfullayev toʻrtinchi pogʻonadan birinchi oʻringa koʻtarildi va reyting peshqadamiga aylanib oldi. Hozirda Surxondaryolik polvon 3607 ochkoga ega boʻlib turibdi.

Eslatib oʻtamiz 20-22 sentyabr kunlari Toshkentda boʻlib oʻtadigan Gran-pri musobaqasiga terma jamoamiz vakillari tayyorgarlikni boshlashadi.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.