«UFC»ning yengil vazn boʻyicha chempioni Xabib Nurmagomedov va Konor MakGregor oʻrtasidagi jang shu yilning 6 oktyabr kuni Las-Vegasda boʻlib oʻtadi.
Aprelda Xabib Nurmagomedov El Yakvintani hakamlar qaroriga koʻra magʻlubiyatga uchratgan va «UFC» chempioniga aylangan edi. Uning MakGregorga qarshi jangi chempionlikni himoya qilish yoʻlidagi birinchisi boʻladi.
Konor MakGregor MMAda 2016 yilning noyabridan buyon ishtirok etgani yoʻq. U oʻzining soʻnggi jangida Eddi Alvaresni nokautga uchratgan va yengil vazn boʻyicha chempion boʻlgan edi, biroq «UFC» ushbu sovrinni jang oʻtkazmagani tufayli olib qoʻygan.