Nurmagomedov Makgregorni taslim qildi. Jangdan keyin mojaro yuzaga keldi

0
238
marta koʻrilgan.

Las-Vegasda UFC ning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni irlandiyalik Konor Makgregor va tashkilotning yengil vazn toifasidagi chempioni rossiyalik Xabib Nurmagomedov oʻrtasida UFC 229 musobaqasi doirasida kechgan jangda rossiyalik sportchi gʻalaba qozondi.

Dastlab qafas ichiga «The Foggy Dew» qoʻshigʻi sadolari ostida irlandiyalik sportchi kirib keldi, Nurmagomedov esa «Moy Dagestan» qoʻshigʻi bilan chiqdi. Tribunadagilarning aksariyati Makgregorni qoʻllab-quvvatlashayotgandi.

Birinchi raundda tomonlar bir-birini oʻrganishdi, muxlislar hushtakbozlik qila boshlashdi.

Ikkinchi raundda Nurmagomedov ketma-ket zarbalar berib, Makgregorni yiqitib olib, uni qiynay boshladi. Irlandiyalik sportchidan qon oqa boshladi.

Uchinchi raundda ham Makgregor sust harakatlandi, Nurmagomedov faollikni davom ettirdi.

Toʻrtinchi raundda ikki tomon oʻrtasida zarbalar almashinuvi kechdi, raund davomida Nurmagomedov Makgregorni boʻgʻib oldi va irdandiyalik sportchi taslim boʻldi.

Shu tariqa, Nurmagomedov yengil vazn toifasidagi chempionlik kamarini saqlab qoldi.

Bu Nurmagomedov uchun faoliyatida 27 jangdagi 27-gʻalaba boʻldi, Makgregor toʻrtinchi marta magʻlub boʻldi, u 21 jangda gʻalabaga erishgan.

Jangdan keyin ehtiroslar oktagon tashqarisida ham davom etdi. Nurmagomedov avvaliga Makgregorning oldiga kelmoqchi boʻldi, uni yaqinlashtirishmagach, zalga chiqdi va Konorning jamoadoshlariga tashlandi. Xuddi shu vaqtda Nurmagomedovning jamoadoshlari oktagon ichiga kirib, Makgregor bilan mushtlasha ketdi. Vaziyatga politsiyachilar va qoʻriqchilar aralashishdi.

UFC rahbari Deyn Uayt Nurmagomedovga Makgregorga muxlislik qilgan omma oldida kamarni topshira olmasligini tushuntirdi va yangi janjal avj olmasligi uchun tashkilotchilar ikkala sportchini ham tribuna ostiga olib oʻtib ketishdi.

Ularning ishtirokisiz va kamarni tantanali topshirish marosimisiz Nurmagomedov gʻolib deb eʼlon qilindi.Nurmagomedovni endilikda jarima va sanksiyalar kutmoqda.

 
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.