Italiyaning Neapol shahri mezbonlik qilgan XXX Butunjahon yozgi universiada oʻyinlari yakuniga yetdi.
Oʻn kun davom etgan ushbu nufuzli musobaqada 112 ta davlatdan tashrif buyurgan 5971 nafar sportchilar 18 ta sport turi boʻyicha 222 ta medallar jamlanmasi uchun bahs olib borishdi.
30-Universiada oʻyinlarida jami 8 ta (2 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza) medal jamgʻargan Oʻzbekiston delegatsiyasi musobaqani umumjamoa hisobida 112 mamlakat orasida 19-oʻrinni egallab yakunladi, deb xabar beradi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati. Bu Osiyo mamlakatlari orasida oltinchi, Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha esa eng yaxshi natija boʻldi.
Bu yilgi Universiadada eng koʻp medal jamgʻarish boʻyicha 33 ta oltin, 21 ta kumush va 28 ta bronza medallarini qoʻlga kiritgan Yaponiya termasi yetakchilik qildi. Bu borada ikkinchi va uchinchi oʻrinni Rossiya va Xitoy termalari band etishdi.
Universiada-2019 oʻyinlarida qoʻlga kiritilgan medallarimiz:
Oltin:
Tennis (juftlikda, Humoyun Sultonov va Sanjar Fayziyev)
Tennis (umumjamoa hisobida)
Kumush:
Niyoz Poʻlatov (tayekvondo, -63 kg.)
Humoyun Sultonov (tennis, yakkalik)
Bronza:
Diyora Keldiyorova (dzyudo, -52 kg.)
Hikmatillo Toʻrayev (dzyudo, -73 kg.)
Muhammadkarim Xurramov (dzyudo, -100 kg.)
Davlat Bobonov (dzyudo, mutlaq vazn)