Toshkentning “Oʻzbekiston” universal sport saroyida qoʻl jangi boʻyicha Osiyo ochiq chempionatida boʻlib oʻtdi. Unda qitʼaning 15 dan ortiq mamlakatidan kelgan sportchilar oʻzaro kuch sinashdi.
12 noyabrda boʻlib oʻtgan final janglarini ayollar oʻrtasida 75 kg va +75 kg vazn toifalaridagi sportchilar, erkaklar oʻrtasida 85 kg, 90 kg hamda +90 kg vazn toifalaridagi jangchilar yakunlab berishdi.
Mazkur 5 vazn toifasi boʻyicha ham oʻzbekistonlik sportchilar raqiblariga qarshi bosh kg vazn toifasida Robiya Qoʻchqorova imkoniyatni boy bergan boʻlsa, +75 kg vazn toifasida qizgan bahs olib borgan Madina Ergashevaning qoʻli baland kelib, musobaqaning oltin medalini qoʻlga kiritdi, deya xabar beriladi kun.uz saytida.
Erkaklar oʻrtasida 85 kglik qoʻl jangi ustasi Elbek Eshmurodov jarohati olgani tufayli jangni davom ettira olmadi. Shu sababli rossiyalik Karim Magomedovga gʻalaba yozildi.
90 kilogramm sportchilarning final juftligida ikki oʻzbekstonlik oʻzaro kuch sinashdi. Unda Botir Xoʻjabekovning qoʻli baland keldi.
Chempionatning markaziy bahsi hisoblangan +95 kg vazn toifasida tatamiga oʻzbekistonlik Ilgʻor Asadov hamda rossiyalik Azamat Murzakanov chiqishdi. Bu safar ham oʻzbekistonlik jarohat sababli jangni davom ettirishdan bosh tortdi.
Qayd etish joizki, umumjamoa hisobida oʻzbekistonlik qizlar ayollar oʻrtasidagi bahslarda eng yaxshi natijani qayd etib, 5 ta oltin, 2 ta kumush, 6 ta bronzani qoʻlga kiritishdi.
Oʻzbekistonning erkak qoʻl jangni ustalari ham umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qayd etishdi. Ular 5 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.