Qarshida gandbol boʻyicha musobaqa yakunlandi

0
343
marta koʻrilgan.

Viloyatning 9ta tumani va shaharlaridan 18 ta jamoa ishtirok etgan musobaqaga Qarshi Muxandislik-iqtisodiyot universiteti mezbonlik qildi. Turnir yakunlariga koʻra, oʻgʻil bolalar oʻrtasida Gʻuzor tumani sportchilari gʻolib boʻlishdi. Ikkinchi va uchinchi oʻrinlar mos ravishda Nishon va Koson tumani jamoalariga nasib etdi.

Qizlar oʻrtasidagi bellashuvlarda ham Gʻuzor tumani sportchilariga teng keladigan raqib topilmadi. Ikkinchi oʻrindan Koson jamoasi vakillari joy olgan boʻlsalar, Gʻuzor-2 jamoasi kuchli uchlikka yakun yasab berdi.

Milliy olimpiya qoʻmitasi ana shu kabi musobaqalar orqali aholining turli qatlamlari orasida jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishni maqsad qilgan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.