Saʼdullayeva va Radzivil jahon chempionatidagi ishtiroklarini kuchli oʻnlikda yakunlashdi

0
151
marta koʻrilgan.

Serbiyaning Belgrad shahrida yengil atletika boʻyicha yopiq inshootda jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda. Ushbu musobaqada ikki nafar sportchimiz Svetlana Radzivil hamda Safina Saʼdullayeva ishtirok etishdi.

Balandlikka sakrash dasturida qatnashgan vakilalarimiz kuchli oʻnlikdan joy oldilar. Saʼdullayeva 1.92 metr natija bilan oltinchi, Radzivil esa 1.88 metr bilan oʻninchi pogʻonani egalladi.

Gʻoliblik 2.02 metr balandlikni zabt etgan ukrainalik Yaroslava Maxuchixga nasib etdi. Eleanor Peterson (Avstraliya) – 2.00metrni zabt etib 2-oʻrinni egalladi, Qozogʻistonlik Nadejda Dubovitskaya  1.98  metr balandlikka  koʻtarilib, 3-oʻringa erishdi.

J. SAʼDULLAYEV tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.