Universiada-2019: Abdulla Azimov ot ustida mashq bajarish bahsida toʻrtinchi boʻldi

0
159
marta koʻrilgan.

Italiyaning Neapol shahrida yozgi Universiada oʻyinlari davom etmoqda. Sport gimnastikasining ot ustida mashq bajarish yoʻnalishida 60 yaqin atletlar oʻrtasida oʻtkazilgan saralash bahslarida ishtirok etgan yurtdoshimiz Abdulla Azimov kuchli sakkiztalikdan joy olgan edi.

Final bahslarida ishtirok etgan Azimov 14,350 ball jamgʻarishga muvaffaq boʻldi, deb xabar beradi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati. Ushbu bahsda uchinchi oʻrinni egallagan yaponiyalik Kazuma Kayadan 0,150 ball kam toʻplagan Abdulla bu safar toʻrtinchi oʻrin bilan cheklandi.

Ushbu yoʻnalishda universiadaning oltin medalini Xitoy Taypeyi vakili Li Chi Kay (15,400 ball) qoʻlga kiritgan boʻlsa, kumush medalga qozogʻistonlik Nariman Kurbanov (14.700 ball) sazovor boʻldi.

Shu bilan sport gimnastika boʻyicha bahslarda qatnashgan talabalarimizning universiadadagi ishtiroki yakunlandi.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.