Universiada-2019. Oʻzbekiston delegatsiyasi uchinchi medaliga ega boʻldi

0
165
marta koʻrilgan.

Italiyaning Neapol shahrida yozgi Universiada oʻyinlarining uchinchi kunini ham sportchilarimiz medal bilan yakunlashdi, deya xabar qiladi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati.

Oʻzbekiston delegatsiyaga navbatdagi medalni oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempioni, kattalar orasida Osiyo chempioni Diyora Keldiyorova taqdim etdi.

Bugun -52 kg vazn toifasida oʻtkazilgan basʼhlarda ishtirok etgan Keldiyorova musobaqadagi ishtirokini ikkinchi davradan boshlab, dastlab litvalik Gintaut Marsilionitni magʻlubiyatga uchratdi. Uchinchi davra bellashuvida koreyalik Da Sol Parkka imkoniyatni boy berib qoʻygan Keldiyorova bronza medali uchun kechgan oʻtish bahslarida Braziliya, Portugaliya va Moʻgʻuliston vakilalaridan ustunlik qildi. Uchinchi oʻrin uchun kechgan bahslarda germaniyalik Annika Vurfelni magʻlubiyatga uchratgan Diyora universiadaning bronza medalini qoʻlga kiritdi. Yana bir eʼtiborli jihati, aksariyat raqiblarini yaqqol ustunlik bilan magʻlub etgan dzyudochi qizimizning chiqishlarini tribunada oʻtirgan tomoshabinlar olqishlar bilan kuzatib borishdi.

Birozdan soʻng, yana bir yurtdoshimiz bugun mutlaq vazn bahslarida ishtirok etayotgan polvonimiz Davlat Bobonov uchinchi oʻrin uchun ozarbayjonlik Rustam Kotsoyevga qarshi tatamiga chiqadi. Ushbu sportchimizdan ham gʻalaba kutib qolamiz.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.