Italiyaning Neapol shahrida yozgi Universiada oʻyinlarida toʻrt nafar oʻzbekistonlik tennischi talabalar muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda, deb xabar beradi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati.
Yakkalik bahslarida Humoyun Sultonov ikkinchi davrada Shri Lanka vakili Yashitxu De Silvani 6/0, 6/0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. Sanjar Fayziyev ikkinchi davradagi raqibi meksikalik Kevin Jek Karpinteradan 6/2, 6/1 hisobida ustun keldi.
Qizlar oʻrtasida yakkalik bahslarida Kamila Umarova filippinlik Erin Lans Dela Krusni 6/0, 6/0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. Bugun portugaliyalik Deniel Rodrigesni 6/1, 6/0 hisobida magʻlubiyatga uchratgan Humoyun Sultonov musobaqaning toʻrtinchi davrasiga yoʻl oldi. Shuningdek, Sanjar Fayziyev va Humoyun Sultonov juftligi oʻz oʻyinlarini boshlaydi.