Sportning yunon-rum va erkin kurashi boʻyicha kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati musobaqalari

0
232
marta koʻrilgan.

Toshkent shahrida sportning yunon –rum, erkin va ayollar kurashi turlari boʻyicha  kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi musobaqalari oʻtqazildi. Joriy yilning 20 dekabridan 24 dekabirgacha boʻlib oʻtgan bellashuvlarda 2003 yilda tugʻilganlar-u  va undan kattalar ishtirok etishdi.

Tadbirning birinchi kunida Hududlardan kelgan jamoalarni kutib olish va joylashtirish,  hakamlar va trenerlar bilan seminar tashkil etildi. Musobaqa pandemiya talablari mos ravishda  tashkil etildi. Musobaqalarda ishtirok etish uchun sportchilardan pasporti, shaxsiy varaqasi, sugʻurta varaqasi, sportchining ishtirok etish uchun ota –onasining roziligi, tibbiyot muassasasining vrach tomonidan sportchining musobaqada ishtirok etishiga ruxsat berilishi yaʼni imzo va muhri bilan tasdiqlangan holda xamda COVID-19 spravkasi talab etildi.

Ikkinchi kuni Tibbiy nazorat va vazn ulchash, qurʼa tashlash, saralash, yarim final va tasalli kurashlari oʻtkazildi. Musobaqaning ochilish marosimi va final kurashlari oʻtkazildi va ular 55-63-77-87-130 kg toifasidagi kurashchilar oʻrtasida boʻlib oʻtdi.

Uchinchi kun ham xuddi ana shunlay tibbiy nazorat va vazn oʻlchash bilan boshlandi va bellashuvlar 60-67-72-82-97 kg toifadagi  sportchilar oʻrtasida boʻlib oʻtdi.

Bellashuvning toʻrtinchi kuni ham tibbiy nazorat va vazn oʻlchash bilan boshlandi. Qurʼa tashlash, saralash, yarim final, tasalli va final kurashlari 55-63-77-87-130 kg vazn toifasidagi sportchilar oʻrtasida boʻlib oʻtdi.

Bellashuvning beshinchi kuni ham hamishagidek boshlandi. Faqat bellashuvlar qizgʻin kechdi. 2022 yilga sport kurashlari buyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga saralash hamda 2022 yilgi xalqaro musobaqalarga saralash bellashuvlari boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2021-yil uchun respublika kalendar rejasiga muvofiq boʻlib oʻtdi. Musobaqaning gʻolib va sovrindorlarini 80 dona  yaʼni 1-oʻringa 20 dona, 2-oʻringa ham 20 dona, 3-oʻrinni egallaganlarga 40 dona diplomlar taqdim etildi. Baxromov Islom, Atabayev Abror, Shamsiddinov Muxammadali kabilar musobaqada 1- oʻrinni egallashdi.

Musobaqa bilan bogʻliq barcha sarf-xarajatlar Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi hamda homiylar hisobidan qoplandi.

Javlon SAʼDULLAYEV tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.