Kecha Niderlandiya oʻtayotgan shaxmat musobaqasining 11-tur bahslarida “Masters” guruhida birinchi oʻrinda borayotgan Nodirbek Abdusattorov ikkinchi pogʻonada turgan mezbon Anish Giri bilan qiziqarli amaliyotga boy oʻyinda tomonlar murosani tanlashdi va ikkala tomon ham oʻz hisoblariga 0.5 ochkodan yozib qoʻydilar.
Ushbu bahsdan soʻng ochkolari hisobini 7.5 taga yetkazib olgan Nodirbek Abdusattorov hamon peshqadamlikni saqlab turibdi.
“Chellenjer” guruhida uchinchi oʻrinni egallab kelayotgan Javohir Sindorov (2654) esa boshqa bir niderlandiyalik grossmeyster Maks Varmerdam (2616) bilan bahs olib bormoqda.
Sportchilarga omadlar tilab qolamiz.
J SAʼDULLAYEV