Suzish boʻyicha mamlakat Ochiq chempionatida Samarqand terma jamoasi gʻolib

0
233
views

Samarqand shahridagi «Delfin» suzish havzasida oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston yozgi Ochiq chempionati nihoyasiga yetdi.

Bahslarda mamlakatimizning barcha viloyatlaridan 464 nafar sportchi oʻz omadini sinab koʻrdi. Musobaqa yakuniga koʻra, umumjamoa hisobida Samarqand jamoasi birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Ikkinchi oʻrinni Toshkent shahri jamoasi band etgan boʻlsa, uchinchi pogʻona Navoiy viloyatidan tashrif buyurgan sportchilarga nasib qildi.

Qayd etib oʻtish lozimki, ushbu musobaqa orqali Oʻzbekiston oʻsmirlar va yoshlar terma jamoasi uchun iqtidorlar saralab olindi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here