Suzish. Rigadagi litsenzion musobaqa sportchilarimiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi

0
127
views

Latviya poytaxti Riga shahrida suzish boʻyicha xalqaro musobaqa nihoyasiga yetdi. Bellashuvlarning soʻnggi kunida ham sportchilarimiz medallar shodasini qoʻlga kiritdilar.

50 metrga brass usulida suzish boʻyicha Vladislav Mustafin birinchi oʻrin egasiga aylandi. 100 metrga erkin usulda suzishda Xurshidjon Tursunov birinchi, Ahmadjon Umurov esa ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. 4x100 estafetasining kompleks bahslarida Yegor Bolotov, Vladislav Mustafin, Mirsaid Mirzoidov, Xurshidjon Tursunovlar oltin medal sohibi boʻlishdi.

Shu tariqa, yakuniga yetgan turnirda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari umumiy hisobda 12ta medal qoʻlga kiritishdi. Qayd etib oʻtish lozimki, ushbu musobaqa oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlari litsenziyasi uchun ochkolar taqdim etuvchi musobaqa hisoblanadi. Turnir orqali hamyurtlarimiz oʻzlari uchun muhim boʻlgan reyting ochkolarini ishlab oldilar.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here