Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining buzilishi oqibati

0
445
marta koʻrilgan.

2018 yilning 11 fevral kuni soat 5:40 da Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanidagi Mustaqillik koʻchasi, «Charxin» MFY hududida joylashgan xususiy uyda gaz-havo aralashmasi oqibatida chaqnash sodir boʻldi. Natijada 2-qavatli uyning bir qismi qulab tushdi. Vafot etganlar va jarohatlanganlar bor.

Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining buzilishi chaqnashning asosiy sababi deb topilmoqda. Voqea joyida, viloyat hokimligi boshchiligida IIB, FVB, SSB va boshqa tegishli idoralarning kuch va vositalarini jalb qilgan holda favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi gaz va isitish moslamalaridan foydalanish qoidalariga rioya qilishingizni soʻraydi!

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.