Xalq deputatlari Toshkent shahar va Yangihayot tumani Kengashi deputatlari H.Kuchkarova, X.Dadabayev va I.Yuldashevalar tomonidan “Olchazor” mahalla fuqarosi, “TOSH BRUSCHATKA”masʼuliyati cheklangan jamiyat rahbari A.Mirzaulukovning murojaatiga asosan uchrashuv oʻtkazildi.
Tadbirkor bugungi kunda Sergeli tumanida joylashgan Sergeli kichik sanoat zonasida mehnat qilayotgan tadbirkorlarning bir necha yillardan beri oʻz yechimini topmayotgan muammolarini hal etishda amaliy yordam soʻrab, 2016-2019 yillar davomida chiqarilgan qator huquqiy-normativ hujjatlarni ijrosi taʼminlanmay qolayotganini taʼkidladi.
Deputatlar mazkur muammolarni hal etish borasida malakali huquqshunoslar bilan maslahatlashib ularni yechimi yuzasidan tadbirkorga maʼlumotlarni yetkazishni maʼlum qildilar.
Shu bilan birga tadbirkor tomonidan hududlardagi kichik sanoat zonalarini yanada rivojlantirish va tadbirkorlarga qulayliklar yaratish hamda aholini bandligini taʼminlashga oid koʻplab takliflar tayyorlanganligi, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Oʻzbekiston liberal demokratik partiyasi mutasaddilari bilan muhokama etish boʻyicha Sergeli kichik sanoat zonasida uchrashuv oʻtkazish boʻyicha taklifi bildirildi.
H.Kuchkarova, Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati