Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 11 sentyabr kuni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish hamda davlat byudjetiga kafolatlangan tushumlarni taʼminlash masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Qayd etilganidek, mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, soha subyektlarini har taraflama qoʻllab-quvvatlash yuzasidan mutlaqo yangi tizim yaratilmoqda. Tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻlidagi koʻplab byurokratik toʻsiqlar bartaraf etilmoqda.
Ushbu yangi tizim, yaqinda tashkil etilgan Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining muvofiqlashtiruvchi roli ostida Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari, Biznes-ombudsman, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi, joylardagi hokimlarning birinchi oʻrinbosarlari boshchiligidagi iqtisodiyot kompleksi tashkilotlarining mazkur yoʻnalishda hamjihatlikda izchil ishlashini nazarda tutadi.
Tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy koʻmak berish maqsadida ularga tijorat banklari oʻziga xos biznes-hamkor boʻlishini taʼminlash boʻyicha yangi konsepsiya amaliyotga joriy qilinmoqda.
Bunday tizimli amaliy choralar natijasida joriy yilning oʻtgan 8 oyida 70 mingta yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etildi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 2 barobarga koʻpdir.
Shu bilan birga, hududlarda ishlatilmayotgan rezerv va imkoniyatlar yetarli. Sohani rivojlantirish boʻyicha yangi tizim qanday ishlashi kerakligini joylarda koʻpchilik rahbarlar hali chuqur anglab yetmayapti.
Bosh vazir qabulxonalari tashkil etilganidan keyin oʻtgan uch oy mobaynida unga 12 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan, ularning asosiy qismi kredit, yer ajratish va boshqa masalalar bilan bogʻliq.
Murojaatlarning aksariyati Toshkent, Qashqadaryo, Andijon, Samarqand viloyatlariga toʻgʻri kelgan. Ulardan 9 mingtasi yoki 75 foizi joyida, shundan 40 foizi bevosita tuman darajasida hal boʻlgan. Bu holat ilgari quyi boʻgʻin rahbarlari tadbirkorlik sohasidagi mavjud muammolar bilan umuman shugʻullanmaganidan dalolat beradi.
Vazirlar Mahkamasiga Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi bilan birga Bosh vazir qabulxonalariga tadbirkorlik subyektlaridan tushayotgan murojaatlarda koʻtarilayotgan muammolarni imkon qadar joyida hal etilishini doimiy ravishda muhokama qilib borish topshirildi.
Shuningdek, markaziy idoralar va vazirliklar rahbarlaridan iborat tarkibda 6 ta hududiy Ishchi guruhlarini tuzgan holda, tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha yangi tizimni mamlakatning boshqa tuman va shaharlarida joriy etish, joylarda bu borada ishlatilmayotgan imkoniyatlarni safarbar qilish yuzasidan aniq choralar belgilab berildi.
Jumladan, Ishchi guruhlariga har bir tuman va shaharning oʻziga xos xususiyatlari va salohiyatini oʻrganib, ularni qaysi yoʻnalishlarga ixtisoslashtirish boʻyicha aniq takliflarni ishlab chiqish hamda shunga mos ravishda yangi investitsiya loyihalari amalga oshirilishini taʼminlash yuklatildi. Shuningdek, joylarda tadbirkorlar ishtirokida ularni qiziqtirgan masala va muammolar yuzasidan ochiq muloqotlar oʻtkazib, mavjud gʻov-toʻsiqlarni bartaraf etish choralarini koʻrib borish topshirildi.
Majlisda biznes muhitini yaxshilash boʻyicha qonuniy asoslarni takomillashtirish va aniq yoʻnaltirilgan amaliy choralar koʻrishga alohida toʻxtalib oʻtildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 11 sentyabr kuni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish hamda davlat byudjetiga kafolatlangan tushumlarni taʼminlash masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.