Taekvondo boʻyicha Osiyo chempionatida oʻsmirlarimiz yettita medal sohibi

0
227
views

Iordaniyaning Amman shahrida taekvondo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati yakuniga yetdi. Bellashuvda Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medallarni qoʻlga kiritdi.

Ulugʻbek Rashitov hamda Jasur Jaysunov oʻz vazn toifalarida qitʼamizda tengsiz ekanliklarini isbotladilar.  Azizjon Oʻktamov finalda imkoniyatni boy berib qoʻydi va shohsupaning ikkinchi pogʻonasidan oʻrin oldi.  Abdulaziz Hamidullayev, Marat Mavlonov, Feruza Sodiqova va Ozoda Sobirjonova bronza medal sohibi boʻlishdi.

Oʻzbekiston  terma jamoasi yakunda umumjamoa hisobida uchinchi oʻrinni egalladi. Shuningdek, ushbu Osiyo chempionati  taekvondochilarimizning ilk bor oltin medal qoʻlga kiritgani bilan sport tarixida qolmoqda. Ulugʻbek Rashitov esa yigitlar oʻrtasida musobaqaning eng yaxshi sportchisi deb topildi.

 Javlon SAʼDULLAYEV

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here