Taekvondo. Gollandiyadagi turnirning ilk kuni muvaffaqiyatli oʻtdi

0
178
views

Kecha Gollandiyaning Eyndxoven shahrida taekvondo boʻyicha Gollandiya ochiq chempionati boshlangan edi.

Dastlabki kunda oʻsmirlar oʻrtasidagi janglar boʻlib oʻtdi. Kun yakunlariga koʻra, Madina Mannopova, Jasur Jaysunov, Ulugʻbek Rashidovlar oltin, Ozoda Sobirjonova, Begzod Ibragimov, Shahzod Joʻrayevlar kumush medallarni qoʻlga kiritdilar. 
 
Bugun oʻtkaziladigan bahslarda oʻsmirlar oʻrtasidagi janglarda Feruza Sodiqova va Jasurbek Zokirovlar ishtirok etadilar.
Kattalar oʻrtasidagi bellashuvlarda esa Dmitriy Shokin, Shaxboz Shofayziyev, Umida Abdullayeva, Dinora Mamadibragimova, Timurbek Oʻrolov hamda Bahrom Abdullayevlar oʻz omadlarini sinab koʻradilar. 
 
PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here