Taekvondo (WTF). Tunisda oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempionati start oldi

0
133
marta koʻrilgan.

9 aprelda Tunisning Hammamed shahrida taekvondo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempionati boshlandi. Dunyo birinchiligida jahonning 156ta mamlakatidan 1000dan ziyod sportchi ishtirok etadi. Ular qatorida oʻzbekistonlik 14 nafar yosh taekvondochilar ham sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib boradilar. 

Eslatib oʻtamiz, bundan bir necha kun oldin Hammamedning oʻzida III oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma beruvchi litsenzion musobaqa tashkil qilingandi. Unda -48kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Ulugʻbek Rashidov oltin medalni qoʻlga kiritib, Argentinada boʻlib oʻtadigan Olimpiya oʻyinlarga yoʻllanmani qoʻlga kiritgandi.

Manzil: Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.